13 iyu 18:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Jahon chempioni MakGregor - Meyvezer jangini sharmandalik deb atadi
Birinchi og'ir vazn toifasida jahon chempioni hisoblanadigan Aleksandr Usik Meyvezer - MakGregor jangi haqida gapirib o'tdi.
"Bu boks uchun sharmandalik bo'ladi. MakGregor - aralash qoidalar jangidagi taniqli sportchi. Meyvezer esa o'z vaqtida boksda birinchi raqamli sportchi bo'lgan. Hozir esa bunday emas.
Floyddek odam Konorga boks qoidalari bo'yicha jang qilishga yo'l qo'yib bersa, bu boks uchun sharmandalik bo'ladi. Men irlandiyalik sportchining g'olib bo'lishiga hech qanday asos ko'rmayapman. Floyd uning ustidan kulib tashlaydi. Lekin, boshqa tomondan ular yaxshigina pul ishlab oladilar. Bu katta shou bo'ladi", - deydi ukrainalik sportchi.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar