23 sen 20:53
Yangiliklar
![](/upload/storage/87851_220.jpg)
Jahon chempioni SHahobiddin Zoirov va uning murabbiyiga avtomobil sovg'a qilindi + FOTO
Buxoroda 23 sentyabr, dushanba kuni boks bo'yicha Ekaterinburgda o'tkazilgan Jahon chempionati g'olibi SHahobiddin Zoirov hamda uning murabbiyi Istam Kabinovga viloyat hokimi O'ktam Barnoev tomonidan Chevrolet Tracker avtomobillari sovg'a qilindi. Bu haqda «Daryo» muxbiri xabar bermoqda.
Jahon chempioni va uning murabbiyini taqdirlash marosimi «Ark» qo'rg'onida bo'lib o'tdi.
«2016 yilgi Rio Olimpiadasida yuksak natijaga erishgan edim. Ekaterinburgda kechgan murosasiz va shiddatli bahslar ham omad keltirdi. Bu yutuq va muvaffaqiyatlarim ortida men uchun hamisha duoda bo'lgan ota-onam va meni qo'llab turgan Vatanim bor. Ular oldida, shuningdek, meni doimo janglarga shiddatkor kirishimda kuch bag'ishlagan murabbiyim oldida tazimdaman. Barchangizning ishonchingiz meni katta g'alabaga chorladi. G'alabalarim sizlar uchun» – deydi SHahobiddin Zoirov «Ark» qo'rg'onida to'plangan muxlislariga.
Eslatib o'tamiz, boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida Jahon chempionatini birinchi o'rinda yakunladi.
Fikrlar
Malatsi bundanda ortig'iga loyiq bular