So’nggi yangiliklar

19:02Тренд: Ўзбек ММА юлдузлари 80-йилларда қандай кўринишда бўлишарди? (ФОТО) 0 18:22Саншеш Испания клуби билан келишувга эришмоқда 0 17:46Магнус Карлсен Жавоҳир Синдаровнинг Гукешга қарши ўйини учун тахминини айтди 0 17:12Конор Бенн Райан Гарсияга қарши жанг олдидан тарозидан ўтгач, 8 соат ичида деярли 15 кг вазн йиғди 0 16:43Осиё ва Пара Осиё ўйинларига кузатиш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:01Ван Дейк Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин 0 15:29"Битта жанг ва отанг озод". Конор UFC'дан кейин қаерга кетишини айтди 0 14:45Богдан Гусков: "Анкалаев — энг кучли ярим оғир вазнли жангчи, аммо..." 0 14:14Осиё ўйинлари-2026. Ўзбекистон байроқдорлари ким бўлиши аниқ 0 13:48Расман. "Арсенал" 17 ёшли грузиялик футболчи билан шартнома имзолади 0 13:07Пётр Ян Мераб Двалишвилига суғурта қилдириб қўйишни маслаҳат берди 0 12:36Усик фаолиятидаги энг қийин рақибни айтди. Бу на Фьюри ва на Верховен 0 12:15Бугун Hungary Grand Slam 2026 турнирида Муроджон ва Элбекка мухлислик қиламиз 0 11:44Мбаппе: "Месси каби 39 ёшимда ўйнашимни кўра оламанми? 100 ёшгача ўйнашга тайёрман!" 0 11:13Райан Гарсия ва Конор Бенн вазн ўлчаш маросимида ҳозир бўлди 0

02 mar 11:59
Yangiliklar

Qilichbozlik

Jahonga mashhur murabbiy CHikinyov O'zbekiston terma jamoasida ish boshladi

Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi taklifiga ko'ra poytaxtimizga etib kelgan estoniyalik murabbiy Igor CHikinyov ishtirokida matbuot anjumani tashkil qilindi.

Ushbu anjumanda shuningdek, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri o'rinbosari Oybek Kasimov, O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi Bosh kotibi Muhammad Humoyun Ibragimov, yosh qilichbozlar, murabbiylar va OAV vakillari ishtirok etishdi.

“Menga shunday ishonch bildirilayotganidan xursandman, - deb so'z boshladi Igor CHikinyov. - O'zbekistonda qilichbozlik bilan shug'ullanish uchun juda yaxshi sharoitlar yaratilgan. Ishonavering. Men so'nggi besh yil ichida Estoniyada ishladim. Bunday sharoit u erda yo'q. To'g'ri, Estoniyada yaxshi maktab va ananalar mavjud, ammo, sharoit bo'yicha solishtiradigan bo'lsak bu borada O'zbekistonda imkoniyat katta. 

O'zbekiston so'nggi paytlarda har jabhada shiddat bilan rivojlanmoqda. Oddiy misolni keltirib o'tsam. O'tgan yilning dekabrida bu erga kelganimda aeroportda menga qandaydir tushunarsiz qog'ozlarni to'ldirishimni aytib, bir yarim soat vaqtimni olishgandi. Bu juda yoqimsiz holat. Ikki oy o'tib, kecha mamlakatingizga yana keldim. Bilasizmi, Toshkent xalqaro aeroportida ortiqcha vaqt sarflab o'tirganim yo'q. "Yashil yo'lakcha" orqali o'tdim va ortiqcha qog'ozbozliksiz tezda aeroport xududidan shaharga chiqdim. Atigi  ikki oy ichida xalqaro standartlarga to'la mos keladigan bu o'zgarishlarning ro'y bergani O'zbekiston rivojlanish masalasida dadil qadamlar tashlayotganini ko'rsatib turibdi. Bu katta narsa. Ishonamanki, qolgan sohalar ham jadallik bilan oldinga siljimoqda", - deb so'z boshladi Igor CHikinyov.

SHundan so'ng yig'ilganlar tajribali mutaxassisga o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. 

"Yaratilgan sharoitlardan to'g'ri foydalanib, barchasini izga tushirib olishimiz kerak. O'zbekiston hukumati sportni rivojlantirish uchun katta etibor qaratmoqda. Qolaversa, yurtingizda sport sohasiga juda katta mablag'lar kiritilmoqda.O'z vaqtida Sobiq Ittifoq, SHveciya, Estoniya terma jamoalarida faoliyat olib borganman. U erdagi tizimlarning barchasi bir-biridan farq qiladi. Maqsadim bu erdagi sportchilarning saviyasini ko'tarish. Hozir bu erdagi yoshlarning iqtidorli ekanligi xaqida ortiqcha to'xtalib o'tirmayman. SHunisi aniqki, yoshlarda iqtidor va salohiyat bor. Osiyoliklar tezkor va chidamli bo'ladi. 

Qitada kuchli terma jamoalar etarli. Janubiy Koreya dunyo miqyosida etakchilardan biri hisoblanadi. Ular bunday saviyaga birdaniga chiqib olishmagan. Buning uchun 15-20 yil vaqt ketgan. Ular ham boshida xorijlik kuchli murabbiylarni taklif etganlar. Videoroliklardan keng foydalanishgan. SHunday ekan, saviyani oshirish uchun bu erda ham imkoniyatlar etarli. Agar bunga ishonmaganimda 2,5 yil O'zbekistonda ishlashga rozi bo'lib o'tirmasdim.

Avvaliga Olimpiya o'yinlariga licenziya olish uchun harakat qilamiz. Ammo bu oson bo'lmaydi. Osiyoda asosiy favoritlar Janubiy Koreya va Yaponiya. SHuningdek, Qozog'iston, Quvayt, Singapur kabi mamlakatlar ham kuchli hisoblanadi. Ammo biz imkon qadar kuchli raqobatni engib o'tib Olimpiya o'yinlari licenziyasini qo'lga kiritishga harakat qilamiz", - dedi shpaga bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining yangi murabbiyi.

Malumot uchun, 2017 yilning 4-12 dekabr kunlari O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi bilan hamkorlikda sportning ushbu turi murabbiylari uchun o'quv-texnik seminar tashkil etgandi.

O'sha seminarni olib borish uchun Igor CHikinyov yurtimizga taklif etilgandi. O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi rahbariyati esa o'sha vaqtdayoq estoniyalik mutaxassis bilan shartnoma imzolashni va terma jamoa boshqaruviga jalb etishni maqsad qilib qo'ygandi. Oradan 2 oy o'tib ushbu kelishuv amalga oshdi va CHikinyov Tokio 2020 Olimpiya o'yinlariga qadar terma jamoamizda faoliyat ko'rsatadigan bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing