So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

09 okt 14:42
Yangiliklar

Futbol

Jaloliddin Masharipov: "Eronning kuchsiz tomonlari haqida eronlik jurnalistlar oldida gapirishim to'g'ri emas"

O'zbekiston - Eron uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida futbolchi Jaloliddin Masharipov ishtirok etdi.

"Eronga qarshi o'yindan oldin ko'p gapirish shart emas. Aytilganidek ular ham bizni bilishadi, biz ham ularni yaxshi bilamiz. Umid qilamizki ertaga barchasi biz o'ylagandek bo'ladi deb o'ylayman. O'z vatanimizda muxlislar bilan g'alabani nishonlashga harakat qilamiz", - dedi Masharipov.

- Siz Eron chempionatida o'ynaysiz, ularning kuchsiz tomonlari nimada?

- Hozir bu haqda gapirish to'g'ri emas, sababi xonada eronlik jurnalistlar ham bor. SHu sabab raqibning kuchli va kuchsiz tomonlari haqida bu erda gapirmayman. O'yinga o'z rejamiz bor va o'sha rejani amalga oshirishga harakat qilamiz.

- Eron terma jamoasi safidagi ko'plab legionerlar BAA chempionatida o'ynashmoqda, oldingi yillardagidek kuchli ligalarda o'ynayotgan legionerlar yo'q. Mehdi Taremi "Inter" zaxirasida o'tiribdi. Bizda esa Abduqodir Husanov Franciyada o'ynamoqda, Turkiya, Saudiya Arabistoni chempionatida o'ynayyotgan futbolchilarimiz bor. Nima deb o'ylaysiz hozirgi kunda O'zbekiston tarkib bo'yicha kuchliroq deb o'ylaysizmi?
- Eron futbolchilari ham juda kuchli, lekin BAA chempionatiga borgan futbolchilar futbol uchun bormagan deb o'ylayman. Buni barcha tushunib turibdi. Bizda esa hozir juda yaxshi kollektiv yig'ilgan.

- O'zbekiston terma jamoasi safida individiual futbolchilar juda ko'p. KXDR va Qirg'iziston bilan o'yinlarda ham individual gollarni ko'rdik. Eronga qarshi o'yinda ham individual jihatdan ulardan ustun kela olamizmi?
- KXDR bilan o'yinda individual gol urdim deb o'ylaymayman, chunki etibor qilsangiz gol himoyadan boshlagandi. Bu hammasi mashg'ulotda ishlangan. Qaytaraman hozirgi kunda bizda kuchli kollektiv yig'ilgan. Ertaga buni maydonda ko'rsatishga harakat qilamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing