So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

18 noy 12:15
Yangiliklar

Futbol

Jaloliddin Masharipov: "Kannavaro menga qo'ng'iroq qildi va jamoaga kerakligimni takidladi"

O'zbekiston terma jamoasi va "Istiqlol" vingeri Jaloliddin Masharipov kecha Eron teleko'rsatuvlaridan birida mehmon bo'ldi.

Uning fikrlarini quyida etiboringizga havola etamiz:

"Jarohatim bitdi va o'zimni yaxshi his qilyapman. Eronlik shifokor oyog'imni 10 soniya ko'zdan kechirib, tizzaosti payim uzilganini aytdi, o'sha paytda u aldayotganini bilardim. Yana bir jarrohga uchradim va jarohatlangan chap oyog'im o'rniga o'ng oyog'im suratini ko'rsatdim va u operaciya qilish zarurligini aytdi. O'zbekiston Prezidenti men uchun Germaniyadan eng yaxshi jarrohni keltirdi va uning yordamida sog'ayishga muvaffaq bo'ldim.

Fabio Kannavaro O'zbekistonnning oldingi o'yinlarini ko'rib chiqqach, darhol tarjimondan "bu 10-raqamdagi futbolchi kim?", deb so'ragan. SHundan so'ng murabbiy menga qo'ng'iroq qildi va jamoaga kerakligimni takidladi.

Osiyo Kubogidan so'ng Qatar, BAA klublari va "Persepolis"dan takliflar tushdi, biroq men "Istiqlol"ni tanladim.

Oston O'runov men bilan birga "Istiqlol"ga o'tishi rejalashtirilgandi, ammo so'nggi lahzada u "Persepolis"ga yo'l oldi. 

Rustam Ashurmatov ham "Persepolis"dan taklif olgan, biroq unga u erda o'ynamasligini aytib, "Istiqlol"ga chaqirganman.

Bosh murabbiy Rikardu Sa Pintu mendan Igor Sergeev haqida ayrim narsalarni so'radi. "Istiqlol" unga qiziqmoqda", – dedi Masharipov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing