09 dek 17:01
Yangiliklar
Futbol
Jaloliddin Masharipovga vodiy jamoalaridan qiziqish bor, biroq...
"Istiqlol" vingeri Jaloliddin Masharipov katta ehtimol bilan Eronda qoladi.
Bu haqda Championat.asia sayti muxbiri SHerzod Nurmatov xabar berdi.
"Jaloliddin Masharipovga vodiy klublari qiziqayotgani bor gap. Biroq tajribali vingerning Eronning "Istiqlol"i bilan hali yana 1,5 yillik shartnomasi bor. SHu sababli klub uni qo'yib yuborishi ehtimoli juda kam.
Ayniqsa, iroqlik futbolchi Muntadir Muhammad bilan nizo kuzatilayotgani tufayli FIFA "Istiqlol"ga ikkita transfer oynasi uchun taqiq qo'yishi mumkin. SHu bois tehronliklar tavakkal qilmaydi va hozircha o'z yulduzlarini qo'yib yuborishni xohlamaydi", – deyiladi xabarda.
Avvalroq Transfermarkt portali Eron chempionati futbolchilarining yangilangan narxlarini elon qilgan va Masharipovning o'rni malum bo'lgan edi.
Havola :
Manba : t.me/uz_eksport
Fikrlar