23 avg 16:12
Yangiliklar
Boks/MMA
Jangga oz vaqt qolganda Azizbek Abdug'ofurovning raqibi o'zgardi
Avvalroq, 24 avgust kuni bokschimiz Azizbek Abdug'ofurov CHelyabinskda jang qilishi haqida xabar bergandik.
Jangga oz muddat qolganda hamyurtimizning raqibi o'zgardi. Endi hamyurtimiz ertaga rossiyalik boshqa bir bokschi Gasan Gasanovga qarshi ringga ko'tariladi. Jang 10 raundga mo'ljallangan va unda Abdug'ofurov o'ziga tegishli WBC Silver kamarini himoya qiladi.
Eslatib o'tamiz, Azizbek Abdug'ofurov shu kungacha prof boksda 12 marotaba jang qilgan va ularning barchasida g'alaba qozongan. Janglarining 4 tasida u raqiblarini nokautga uchratgan. Gasanov esa bungacha 25 marotaba jang qilib, ularning 16 tasida g'alaba qozongan (13 ta nokaut). 8 marotaba mag'lub bo'lgan (7 ta nokaut) va yana 1 ta durangga erishgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
76 кг.га вазн қайтара олмаслиги аниқ.