09 okt 15:41
Yangiliklar
Boks/MMA
Janibek Alimxanulining chempionlik jangi qachon va qaerda o'tishi malum bo'ldi
Daniyalik bokschi Yakob Benkning menejeri Spenser Braun qozog'istonlik Janibek Alimxanuliga qarshi chempionlik jangi dekabr oyida Daniya poytaxti Kopengagen shahrida bo'lib o'tishini malum qildi.
"Janibek Alimxanuli va Yakob Benk WBO talqini bo'yicha ikkinchi o'rta vazn toifasidagi vakant chempionlik kamari uchun jang o'tkazishga kelishib olishdi. Jang dekabr oyida Daniyaning Kopengagen shahrida bo'lib o'tadi", — dedi Spenser Braun.
Janibek Alimxanulining professional rekordi 17 ta g'alaba (12 nokaut)dan iborat.
Yakob Benk esa 20 ta g'alabaga ega bo'lib, shularning 11 tasini nokaut bilan qo'lga kiritgan.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar