06 avg 09:28
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/16997_220.jpg)
Janjalkash Briggs doping qabul qilganini tan oldi
Amerikalik superog'ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni SHennon Briggs taqiqlangan preparat istemol qilganini tan oldi.
Superog'ir vazn toifasidagi janjalkash bokschining qon tarkibida doping alomatlari topilgach 6 oyga diskvalifikaciya qilingan edi.
“Ha, men aybimga
iqrorman. Barcha ayb va masuliyatni o'z zimmamga olaman. SHu yo'l bilan ringdagi
harakatlarimni suniy ravishda oshirmoqchi bo'lgandim. Bunday qarorga uchinchi
marotaba jahon chempioni bo'lish uchun kelgandim.
SHu yo'l bilan muxlislarimni
xushnud etmoqchi edim. Agar bu amalga oshsa, uchta o'n yillikda uch marotaba jahon
chempioni bo'lgan ilk bokschiga aylanardim. Qanday preparatlarni istemol qilganimni
murabbiyim yaxshi biladi”, – dedi Briggs.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar