08 sen 15:10
Yangiliklar
Futbol

Janni Infantino Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi (FOTO)
FIFA Prezidenti Janni Infantino Toshkentga tashrifi davomida yurtimizda sport sohasida amalga oshirilayotgan so'nggi bunyodkorlik ishlari bilan tanishmoqda.
Martabali mehmon bugun Olimpiya shaharchasida bo'lib, zamonaviy inshootlarni ko'zdan kechirdi.
Janob Infantinoga Sport vaziri Adham Ikramov va MOQ raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov hamrohlik qilishdi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barpo etilgan ushbu majmuani FIFA Prezidenti yuqori baholadi. Xususan, bugun futbol bo'yicha CAFA Nations Cup turnirining finaliga mezbonlik qiladigan “Olimpiya” stadioni haqida iliq fikrlar bildirdi.
Kun davomida martabali mehmonning Milliy futbol markaziga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar