25 sen 18:17
Yangiliklar
Evropaning etakchi ligalari FIFA boshqaruvini isloh qilishni talab qilmoqchi
Bu haqda “Sky Sports” xabar berdi.
Manbaga ko'ra, ligalar vakillari asosiy masalalar bo'yicha, jumladan, xalqaro futbol taqvimini shakllantirishda maslahatlashuvlarni kengaytirishni talab qilishadi. Bayonotda FIFA prezidenti Janni Infantinoning istefosi talabi bo'lish-bo'lmasligi hozircha nomalum.
Iyul oyida Infantino FIFAning asosiy erkaklar va ayollar o'rtasidagi musobaqalarini nazorat qilishi kerak bo'lgan FIFA Forward Enterprise kompaniyasini tashkil etishni taklif qilgani xabar qilingandi. Ushbu loyiha orqali 4,2 milliard dollar jalb etilishi ko'zda tutilgandi, ammo mazkur tashabbus futbol mutasaddilari, federaciyalar va tashkilotlar tomonidan tanqidga uchradi.
56 yoshli Infantino 2016 yilning fevralidan buyon FIFAni boshqarib kelmoqda. Keyinchalik u muqobilsiz asosda ikki marta qayta saylangan. Tashkilot prezidenti uchun navbatdagi saylov 2027 yilning martida bo'lib o'tadi.
Fikrlar