18 mar 18:24
Yangiliklar
Futbol
Jarohat olgan Jaloliddin Masharipov qachon umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytishini aytdi
O'zbekiston terma jamoasi va "Istiqlol" vingeri Jaloliddin Masharipov taniqli jurnalist Davron Fayziev bilan suhbatda hozirgi jismoniy holati haqida malumot berdi.
"Tiklanish jarayoni ajoyib tarzda davom etmoqda. Yugurishni boshlab yubordim. Xudoga shukrki, o'zimni yaxshi his etyapman. Uzog'i bilan 1 oyda umumiy guruhga qaytaman. Muxlislar orzusini amalga oshirib, terma jamoa uchun yurakdan o'ynash maqsadidaman. Mening orzum ham doim mundialda o'ynash bo'lgan.
Instagram'da "Paxtakor" haqidagi storis? Maydonda jamoaga lider etishmayapti. Erondagi mavjud vaziyatdan kelib chiqib, balki "Paxtakor"ga qaytib, "sherlar"ga yordam berishim kerakdir, degan manoda qo'ygandim", – dedi Masharipov.
Havola :
Fikrlar