24 may 18:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Jastin Getji: Nurmagomedovga qarshi jangda Pore "bez shans"
Aralash qoidalar bo'yicha amerikalik mashhur UFC jangchisi Jastin Getji Xabib Nurmagomedov hamda Dastin Pore o'rtasidagi jang haqida fikr bildirdi.
Xabaringiz bor, engil vazn toifasida UFC chempioni rossiyalik Xabib Nurmagomedov hamda vaqtinchalik UFC chempioni Dastin Pore o'rtasidagi chempionlik jangi 7 sentyabr kuni Abu-Dabi shahrida bo'lib o'tadi.
"Bo'lajak jangda Porening imkoniyatlari deyarli yo'q. Uzog'i bilan 16%. O'ylashimcha, Xabib jang boshlanishi bilan Poreni parterga tushiradi yoki "setka" oldida jang o'tkazishga majbur qiladi. Dastin Xabibning teykdaunlariga javob bera olmaydi", - dedi Getji.
Havola :
Fikrlar