So’nggi yangiliklar

10:13ЖЧ-2026`ни тарк этган илк терма жамоа номи маълум бўлди 0 09:47Баҳодир Жалолов билан жанг қилиши айтилган Мозес Итауманинг рақиби ва жанг санаси тасдиқланди 0 09:19Мадримовнинг вазнида катта жанглар эълон қилинди + ПОСТЕР 0 08:43Бугун Жаҳон кубогида 11 нафар боксчимиз рингга кўтарилади 0 08:06ЖЧ-2026. Марокаш ғалабага эришди, Танташев мундиалда дебют қилди 0 19:02"Махачев - Макгрегор жанги UFC тарихидаги энг буюк тўқнашувга айланиши мумкин" - мураббий 0 18:13"Олти ойда курашни ўрганиб бўлмайди". Ислам Махачев — Иан Гаррининг тайёргарлиги ҳақида гапирди 0 17:45Хоакин Бакли ҳам RAF Лигасига ўтди 0 16:12ЖЧ-2026. Энг кўп мухлис қайси ўйинга тушди? 0 15:40ИНТЕРВЬЮ. Боксдан ММАга ўтган қизалоқ Махлиё Хабибуллаева 0 14:27Фирибгарликда айбланган GFL Лигаси яна қайтаётганини эълон қилди. Илк турнирнинг марказий жанги Тони Фергюсон иштирокида ўтади 0 13:53Икки нафар конкурчимиз жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди 0 13:28Бугун хет-трик қайд этган Дэвид 60 йилдан сўнг ушбу натижага эришган илк футболчи бўлди 0 12:59UFC Хитойга қайтмоқда (ПОСТЕР) 0 12:28Синдаров рапид Жаҳон чемпионатида Магнус Карлсенни қора доналарда мағлуб этди 0

23 noy 08:40
Yangiliklar

Boks/MMA

JCH-2016. Oltinchi kun. 3 nafar bokschimizda g'alaba, ikkisida mag'lubiyat

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi “Sibur Arena” majmuasida boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati keskin kurashlar asnosida davom etmoqda.

17-18 yoshli bokschilar o'rtasida tashkil etilayotgan jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi azolari ham o'z imkoniyatlarini hakamlar sinovidan o'tkazishyapti.

Kecha jahon chempionatining oltinchi kuni ringga ko'tarilgan 5 bokschimizning 3 nafari g'alabaga erishdi, qolgan ikkisi esa mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.

Jumladan, 75 kg vazn toifasida o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazayotgan SHohruzbek Rustamov uchinchi jangida ham g'alabaga erishdi. U Xitoy Taypeyi vakili CHia-Vey Kanni 5:0 hisobida mag'lub etdi. Rustamov bungacha ozarbayjonlik Rasim CHobanli va belaruslik Yagor Skamaroxni bir xil 5:0 hisobida taslim etgan edi.

56 kg vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz SHunqor Abdurasulov ham chiroyli g'alabaga erishdi. SHunqor germaniyalik Andreas Yagerdan 5:0 hisobida ustun keldi.

60 kg vaznda qatnashayotgan Bilolbek Mirzarahimov bu safar armanistonlik bokschi Narek Xovxanisyanni 4:1 hisobida engdi. Bilolbek bundan avvalgi jangida qozog'istonlik kuchli raqibi Sanatali Toltaevni 5:0 hisobida mag'lub etgan edi.

Afsuski, kechagi kungi bahslarda ikkita mag'lubiyat ham bo'ldi. 64 kg vazn toifasida ishtirok etgan bokschimiz Behruz Rahmonov uchinchi jangida Dominikan Respublikasi vakili Emiliano Polansoga 1:4 hisobida yutqazib qo'ydi. 69 kg vazndagi bokschimiz Ulug'bek Sobirov esa qozog'istonlik raqibi Sadriddin Ahmedovga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing