So’nggi yangiliklar

21:50Жавоҳир Синдаров: "Энди бемалол Counter-Strike ўйнасам бўлади" 0 20:55Эшитдик-да! Самвел Бабаян истеъфога чиқди 0 20:12"Номзодлар турнири". Жавоҳир Синдаров Накамура билан дуранг ўйнади 0 19:58Таэквондо. Тошкентдаги Жаҳон чемпионатида илк медални қўлга киритдик 0 18:03Илия Топурия: "Пимблетт Гетжига ютқазганига ҳайрон бўлдим. У билан жангга тайёрланаётгандим" 0 17:00Рекордчи Жим Миллер UFC’даги 47-жангини ўтказади 0 16:39АПЛ клуби Нойерни нишонга олди 0 16:18Энтони Жошуа Фьюри билан эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 15:57Мераб Двалишвили йил охиригача иккита жанг ўтказади 0 15:36Тайсон Фьюри 2023 йилдан кейинги илк ғалабасини қўлга киритди 0 15:15Аёл мутахассис Бундеслига клубига бош мураббий бўлди 0 14:54Оқ уйдаги UFC турнири кардига Дональд Трамп ташаббуси билан яна бир жанг қўшилди 0 14:33Султонов рейтингда ўзидан 224 поғона юқоридаги рақибни таслим этди 0 14:12Жалоловда кумуш, Поёновда бронза, Жамалов эса медалсиз қолди 0 13:51Артета "Борнмут"дан қабул қилинган мағлубиятдан кейин "Арсенал" мухлисларига мурожаат қилди 0

24 noy 08:10
Yangiliklar

Boks/MMA

JCH-2016. To'rt nafar bokschimiz yarim finalda, 4ta medal naqd

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi “Sibur Arena” majmuasida davom etayotgan boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati o'zining qizg'in pallasiga kirdi.

Kecha jahon chempionatining ettinchi kunida chorak final janglari o'tkazilib, yarim finalga yo'llanma olgan bokschilar nomi malum bo'ldi. Ular orasida 4 nafar charm qo'lqop ustamiz ham yarim finalga yo'l oldi.

52 kg vazn toifasida ringga ko'tarilayotgan hamyurtimiz Otabek Xolmatov chorak final jangida Dominikan vakili Luis Reynaldo Nunesga qarshi ringga ko'tarildi. O'smirlar o'rtasida Osiyo vice-chempioni bo'lgan hamyurtimiz raqibini 4:1 hisobida mag'lub etdi.

56 kg vazndagi charm qo'lqop ustamiz SHunqor Abdurasulov ham yarim final ishtirokchisiga aylandi. U qiziqarli kechgan jangda xitoylik Czen Czyan Minni 3:2 hisobida engdi.

60 kg vaznda qatnashayotgan Bilolbek Mirzarahimov chorak final jangida rossiyalik kuchli raqibi Beslan Xamzaevga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va 5:0 hisobida zafar quchdi.

91 kg vazn toifasida ringga chiqqan hamyurtimiz SHohruz Rahimov chorak final jangida angliyalik Lyuis Vilyamsni 4:1 hisobida mag'lub etdi. 

Afsuski, 75 kg vazn toifasida o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazgan SHohruzbek Rustamov chorak final jangida mag'lubiyatga uchradi. U germaniyalik Vezir Agirmanga 1:4 hisobida yutqazib qo'ydi. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing