22 noy 08:20
Yangiliklar

JCH-2016ning beshinchi kuni 3 nafar bokschimizda g'alaba, birida mag'lubiyat
17-18 yoshli bokschilar o'rtasida tashkil etilayotgan jahon chempionatida dunyoning 75 davlatidan 402 nafar charm qo'lqop ustasi 10ta vazn toifasida ishtirok etmoqda.
Kecha jahon chempionatining beshinchi kuni ringga ko'tarilgan 4 bokschimizning 3 nafari g'alabaga erishdi, yana biri esa mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
52 kg vazn toifasida ringga ko'tarilgan hamyurtimiz Otabek Xolmatov Nikaragua vakili Kalero Martinezni 5:0 hisobida dog'da qoldirdi.
64 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan bokschimiz Behruz Rahmonov g'olibona yurishini davom ettirdi. Ilk jangida ozarbayjonlik Baxtiyor Gazibaevni 5:0 hisobida mag'lub etgan Behruz bu safar moldovalik Egor Bejenarudan xuddi shu (5:0) hisobda ustun keldi.
91 kg vazn toifasida ringga chiqqan SHohruz Rahimov ham ikkinchi g'alabasiga erishdi. SHohruz vengriyalik Richard Kochsisdan 5:0 hisobida ustun keldi. Hamyurtimiz ilk jangida xitoylik Remula Abudureksitiga hech qanday imkoniyat qoldirmagan va 5:0 hisobida zafar quchgandi.
Afsuski, 81 kg vazndagi bokschimiz Sanjar Tursunov mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Sanjar qozog'istonlik Bekzad Nurdauletovga 1:3 hisobida yutqazib qo'ydi.
Fikrlar