21 noy 08:50
Yangiliklar

JCH-2016ning to'rtinchi kuni 3 nafar bokschimizning barida g'alaba
17-18 yoshli bokschilar o'rtasida tashkil etilayotgan jahon chempionatida dunyoning 75 davlatidan 402 nafar charm qo'lqop ustasi 10ta vazn toifasida ishtirok etmoqda.
Quvonarlisi, kecha jahon chempionatining to'rtinchi kuni ringga ko'tarilgan 3 nafar bokschimizning bari g'alaba qozondi.
60 kg vaznda qatnashayotgan Bilolbek Mirzarahimov qozog'istonlik kuchli raqibi Sanatali Toltaevni 5:0 hisobida mag'lub etdi.
69 kg vazndagi bokschimiz Ulug'bek Sobirov ikkinchi jangida ham muvaffaqiyatga erishdi. U jazoirlik Samir Mekaoucheni 5:0 hisobida dog'da qoldirdi. Ulug'bek ilk jangida yaponiyalik Zen Kuroyanagini mag'lubiyatga uchratgandi.
75 kg vazn toifasida o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazayotgan SHohruzbek Rustamov ikkinchi jangini o'tkazdi. Ozarbayjonlik Rasim CHobanliga qarshi kechgan bahsda hamyurtimiz 5:0 hisobida zafar quchdi. SHohruzbek ilk jangida belaruslik Yagor Skamaroxni 5:0 hisobida taslim etgan edi.
Fikrlar