16 dek 09:49
Yangiliklar
Futbol
JCH-2022. Bronza medali uchun o'yinni qatarlik hakam boshqaradi
Qatardagi mundialning 3-o'rin uchun kechadigan uchrashuvida Xorvatiya terma jamoasi Marokashga qarshi maydonga tushadi.
Ushbu o'yinni qatarlik Abdurahmon Al Jassim boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bronza medali uchun o'yin 17 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da “Xalifa Milliy” stadionida boshlanadi.
35 yoshli referi musobaqada AQSH – Uels (1:1) uchrashuvida ishladi. U 6 ta sariq ko'rsatib, bitta penalti belgiladi.
Havola :
Fikrlar