05 dek 08:42
Yangiliklar
Futbol
JCH-2026. Bugun qura!
Bugun AQSHda JCH-2026 musobaqasiga qura tashlash marosimi o'tkaziladi.
Tadbir poytaxt Vashington shahrida joylashgan Jon Kennedi nomidagi ijrochilik sanati memorial markazida mahalliy vaqt bilan soat 12:00, Toshkent vaqti bilan esa soat 22:00 da start oladi.
Ushbu tadbirda Sport vaziri Adham Ikramov, O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov, terma jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro va uning yordamchilari hamda FIFA tomonidan maxsus taklif etilgan o'zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov ishtirok etadi.

Havola :
Fikrlar