12 okt 08:20
Yangiliklar

JCH-2026 saralash. Osiyo qitasida ikkinchi tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi
Qatar mezbonlik qilayotgan "A" guruhining ikkinchi turida BAA O'monga qarshi maydonga tushdi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Ayni vaqtda ushbu guruhda BAA 3 ochko bilan turnir jadvalini boshqarib bormoqda. Qatar va O'mon hisobida 1 tadan ochko bor.
Guruhning 3-tur o'yini 14 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. JCH yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun Qatar ushbu bahsda g'alaba qozonishi shart bo'lsa, BAAni durang natija ham qoniqtiradi.
Saudiya Arabistoni mezbonligida o'tayotgan "B" guruhining 2-turida Iroq Indoneziyaga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 1:0 hisobida iroqliklarning g'alabasi bilan yakunlandi.
Turnir jadvalida ayni vaqtda Saudiya Arabistoni va Iroqda 3 tadan ochko bor va ular 14 oktyabr kuni JCH yo'llanmasi uchun o'zaro bahs olib boradi. Ikkita bahsda mag'lub bo'lgan Indoneziya JCH yo'llanmasi uchun kurashdan chiqdi.
Fikrlar