06 mar 18:49
Yangiliklar
Futbol
JCH-2026da har bir taym uchun majburiy tanaffus joriy etiladi
FIFA 2026 yilgi Jahon chempionatida suv ichish uchun majburiy to'xtalishlar bo'lishini malum qildi.
Bu haqda Xalqaro futbol federaciyasi xabar berdi.
Yangi reglamentga ko'ra, har bir 45 daqiqalik taymning o'rtasida o'yin 3 daqiqaga to'xtatiladi. SHunday qilib, turnirdagi har bir o'yinda ikki marta majburiy to'xtash bo'ladi.
Qayd etilishicha, to'xtalishlar barcha uchrashuvlarda bosh hakam tomonidan belgilanadi va ular ob-havo sharoiti yoki havo haroratiga bog'liq bo'lmaydi.
FIFA bunday tanaffuslar kiritilishini futbolchilar sog'lig'i va jismoniy holatini asrash bilan izohladi.
Havola :
Manba : fifa.com
Fikrlar