So’nggi yangiliklar

17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0 10:49Мадримовнинг вазнидаги собиқ чемпионнинг кейинги жанги санаси, манзили ва рақиби эълон қилинди 0 10:18Валерий Карпин: "Ўзбекистонда умуман бошқа даражадаги футболчилар пайдо бўлди" 0

19 mar 13:51
Yangiliklar

Futbol

"JCH saralash o'yinlariga yosh, tajribasiz va yangi futbolchilarni jalb etib, ularni o'yin uslubiga moslashtirish uchun vaqt yo'q" - Katanec

Teglar :  Srechko Katanec
O'zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec Jahon chempionati-2026 va Osiyo kubogi-2027 qo'shma saralash bosqichi doirasidagi Hongkongga qarshi muhim uchrashuvlar oldidan OFK rasmiy saytiga intervyu berdi.

«Jahon chempionatining saralash uchrashuvlariga yosh, tajribasiz va yangi futbolchilarni jalb etib, ularni o'yin uslubiga moslashtirish uchun vaqt yo'q, chunki bu juda murakkab. Bunday muhim bahslar oldidan bizni kelajakda nimalar kutayotganini bilishimiz zarur. Uzoq parvozlar va qisqa vaqt davomida etarli darajada mashg'ulot o'tkazmagan holda mezbon jamoaga qarshi bahs olib borish, so'ng parvoz va bir necha kundan so'ng yana o'yin o'tkazish oson bo'lmaydi», – deydi Katanec.

Quvonarlisi, milliy jamoa sardori va Italiyaning «Kalyari» klubi hujumchisi Eldor SHomurodov Osiyo kubogida ishtirok etishiga to'sqinlik qilgan jarohatidan forig' bo'lib, yana safga qaytdi. U Italiya A Seriyasining 28-turidan o'rin olgan «Salernitana»ga (4:2) qarshi bahsda dubl muallifiga aylandi va jamoasining muhim g'alabasiga hissa qo'shdi. Katanec Eldor va, shuningdek, Hojiakbar Alijonov bilan bog'liq vaziyatni ham eslab o'tdi:



«Alijonov Osiyo kubogigacha bizning eng yaxshi futbolchilarimizdan biri edi, u oxirgi bir qancha uchrashuvlarda ajoyib o'yin ko'rsatdi, so'ng jarohati sababli maydonga tusha olmadi va hozir ham tarkibda emas. SHomurodov safga qaytdi, ammo biz uning jismoniy holatiga etibor qaratishimiz kerak».

O'zbekiston milliy jamoasi JCH-2026 va Osiyo kubogi-2027 saralash bosqichi doirasida Turkmanistonni 3:1 hisobida mag'lub etib, Eron bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi va 4 ochko bilan «E» guruhida 2-o'rinni egallab turibdi.

Biroq bosh murabbiy futbolchilar «Mong Kok» stadionida o'tkazilishi kutilayotgan Hongkongga qarshi uchrashuvda raqibni jiddiy qabul qilishlari kerakligi to'g'risida fikr bildirib o'tdi:

«Biz maydonda borimizni berishimiz kerak. Hongkong Osiyo kubogida muvaffaqqiyatsiz ishtirok etgan bo'lishi mumkin, ammo ular avvalgi uchrashuvlarga qaraganda yangilangan tarkibga ega bo'lishlari aniq. Demak, bu bahs oson bo'lmaydi. Futbolchilarni o'yinga jiddiy yondashish kerakligiga ishontirish — mening vazifam. Ha, biz raqibga qaraganda ustundek ko'rinishimiz mumkin, lekin uchrashuvga tayyor bo'lmasangiz, futbol sizga kutilmagan syurprizlarni taqdim etishi mumkin. Agar oldindagi ikki o'yinda g'alaba qozonsak, katta ehtimol bilan, keyingi bosqich masalasini ijobiy hal etgan bo'lamiz.

Uchinchi yildirki jamoani qurishda davom etyapmiz. Biz Osiyo kubogida eng yaxshi hujumchisi turnirda ishtirok etmagan yagona jamoa edik. Agar SHomurodov safda bo'lganida uning eng kamida 4-5 ta gol urishiga ishonchim komil edi».

Srechko Katanec shu vaqtga qadar ham Osiyoda muvaffaqqiyatli faoliyat yuritgan va BAA (2009-2011) hamda Iroq milliy jamoalarini (2018-2021) boshqargan.

Uning fikricha, O'zbekiston Osiyoning eng kuchli jamoalariga munosib raqib bo'la oladigan va, ehtimol, o'z tarixida ilk bor Jahon chempionatiga chiqishga qodir bo'lgan jamoaga aylandi.

«Eng katta o'zgarish shuki, jamoa avvalgiga qaraganda umuman boshqa uslubda o'ynamoqda. Men bazi futbolchilarni masuliyatni o'z zimmasiga olishlari kerakligiga ishontirdim. Ularda o'zlariga bo'lgan ishonch ruhi oshgan. SHu sababli, har qanday jamoaga qarshi bahsda yaratilgan imkoniyatlarning aksariyatidan unumli foydalanmoqdamiz. Biroq himoyaviy o'yin ko'rsatadigan jamoalarga qarshi muammolarimiz bor.

Futbolchilar men nimani istayotganimni yaxshi tushunishadi, bu juda muhim, chunki ular bilan har kuni ham birga ishlay olmayman va milliy jamoaga jalb etilganlarida, ulardan nima talab qilinayotganini bilishlari muvaffaqqiyat sari katta qadamdir», – deydi murabbiy.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing