12 may 11:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Jessika amaldagi chempionni nokaut evaziga mag'lub etdi
Bundan bir necha daqiqa avval aralash qoidalar bo'yicha UFC 237 oqshomi yakunlandi.
Oqshomning markaziy janglaridan birida ayollar o'rtasida engil vazn toifasida UFC chempioni Rouz Namayunas davogar Jessika Andradega qarshi oktagonga chiqdi.
Jangning birinchi raundi to'liq chempion foydasiga hal bo'ldi. Rouz xatto raqibasini tizzada bergan zarbasi evaziga muvozanatdan ham chiqara oldi. Lekin o'ziga kelib olgan Andrade ikkinchi raundda Rouzni parterda texnik nokautga uchratdi va UFC chempioniga aylandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar