13 may 16:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Jessika Andrade: Namayunasga revansh berishga tayyorman
Engil vaznda yangi UFC chempioni Jessika Andrade endilikda sobiq jahon chempioni Rouz Namayunasga revansh bermoqchi.
Jessika yakshanba tongida Rouzni birinchi raunddayoq texnik nokautga uchratib, engil vaznda yangi jahon chempioniga aylangan edi.
"UFC katta ehtimol bilan revansh jangini tashkil qilishga harakat qiladi. Men revanshga tayyorman. Haqli ravishda g'alaba qozonganimni yana bir marotaba amalda isbotlamoqchiman.
Ikkinchi jangda yanada kuchliroq bo'laman. Rouz qo'lda tezkorlik bilan zarba bera oladi. Jangga shuni oldindan bilgan holda hozirlik ko'rgandim. Ikkinchi raundda raqib tempni pasaytirdi. Men esa bundan foydalanib qoldim", - dedi Jessika Andrade.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar