20 may 11:31
Yangiliklar
Voleybol
Jiro D'Italiya. Gaviriya 4ta bosqichda g'alaba qozongan birinchi kolumbiyalik
Italiya yo'llari bo'ylab davom etayotgan nufuzli Jiro d’Italiya ko'pkunlik velopoyga musobaqasi o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Kolumbiiyalik velopoygachi Fernando Gaviriya kecha o'tkazilgan 13-bosqich bahslari g'olibiga aylandi. Quick-Step Floors jamoasi vakili bir kun avval 12-bosqichda ham g'oliblik shoxsupasiga ko'tarilgan edi.
Bu bilan 22 yoshli Fernando Gaviriya Jiro d'Italiya musobaqasining 4 ta bosqichida g'alaba qozongan birinchi kolumbiyalik sportchiga aylandi. U belgilangan 167 km masofani 3 soatu 47 daqiqa 45 soniyada bosib o'tdi.
Ikkinchi o'rinni irlandiyalik Sem Bennett (Bora-Hansgrohe) egalladi. Kuchli uchlikka belgiyalik Yasper Steyven (Trek–Segafredo) yakun yasadi. O'tkazilgan 13ta bosqich yakunlariga ko'ra gollandiyalik Tom Dyumulen peshqadamlik qilyapti.
Havola :
Fikrlar