So’nggi yangiliklar

20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0

08 avg 11:16
Yangiliklar

Tadbirlar

Jismoniy tarbiya va sport vaziri AOKAda tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi

Teglar :  Dilmurod NabievAOKA
Pandemiya sharoiti tufayli O'zbekistonda 2020/2021 o'quv yili uchun oliy talim muassasalariga kirish imtihonlari ochiq stadionlarda o'tkazilishidan xabaringiz bor.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administraciyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikaciyalar agentligida tashkil etilgan matbuot anjumani aynan shu mavzuga bag'ishlandi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev ham ishtirok etdi.

Malum bo'lishicha, joriy yilgi OTMlarga kirish imtihonlari ikki smenada hamda respublika bo'yicha tanlab olingan 40 ta stadionda o'tkaziladi.

-  155 ta stadionni tanlab olish jarayonida abiturientlarga qulay sharoitlar yaratish nuqtai nazaridan kunning chiqishi va botishi, umumiy stadionning soyalik darajasi necha soatga mo'ljallanganiga ham etibor qaratiladi. Mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda soyabonlar qo'yiladi, ota-onalarga kutish joylari, shifokorlarga ham etarlicha sharoitlar yaratish kabi tashkiliy masalalar ko'rib chiqiladi, - dedi matbuot anjumanida D.Nabiev. – Yillar davomida sport inshootlarimiz va ochiq stadionlarga etarlicha etibor qaratilmagan. Ammo muhtaram Prezidentimizning jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish, uning moddiy-texnika bazasini takomillashtirishga qaratilgan qator qarorlar qabul qilindi. SHu kungacha har yili 60-70 ta sport inshootini qurayapmiz, qolaversa rekonstrukciya va kapital tamirlash ishlariga ham alohida etibor qaratilgan. Aytib o'tayotgan stadionlarimizda 3 yil davomida tamirlash ishlari olib borilgan.

Matbuot anjumanida takidlanishicha, test sinovlarini shaffof holda o'tkazish uchun yoshlarni ortiqcha sarson qilmaslik maqsadida talim muassasalariga o'qishga qabul qilish bo'yicha davlat komissiyasi, hokimliklar, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati tomonidan zarur choralar ko'riladi. SHuningdek, Davlat test markazi direktori o'rinbosari Sardor Rajabov stadionlarga kirish qismida shaxsni aniqlovchi kameralar, har bir guruhga alohida kameralar o'rnatish borasida Axborot texnologiyalari va kommunikaciyalarini rivojlantirish vazirligi bilan muzokaralar olib borilayotganini bildirdi.

Qo'shimcha qilish kerak, yurtimizda 2020/2021 o'quv yili uchun OTMlarga kirish imtihonlari 2 sentyabrdan boshlanadi va imtihonlar kuniga ikki smenada tashkil etiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing