So’nggi yangiliklar

20:31MMA оламининг Макгрегор - Холлоуэй жангига муносабати: "Конор Конорни мағлуб этди" 0 19:53Фабио Каннаваро Ўзбекистон миллий терма жамоасидаги фаолиятини давом эттирадими? 0 19:05Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг UFC 329 турнирдаги мағлубиятини изоҳлади 0 18:39Макс Холлоуэй Макгрегор билан жанг вақтида реваншни тўхтатишни сўраган экан 0 18:14"Мени устимдан куляпсизларми?" Дана Уайт UFC 329 даги ноқулай ҳолатга изоҳ берди 0 17:47Инфантино Жаҳон чемпионати иштирокчиларини янада кўпайтириш эҳтимолини истисно қилмади 0 17:17Макс Холлоуэй UFC тарихида бундай натижани қайд этган 20-спортчига айланди 0 16:43UFC ҳавас қиладиган кардни жамлаган RAF турнирининг барча натижалари 0 16:16Макгрегор тилга кирди ва ғалати мағлубияти сабабини айтди 0 15:48Рафинья “Ал Ҳилол”га йўл оладими? 0 15:15Жастин Гэтжи фаолиятини якунлаш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:49Конор сўнгги бешта жангида тўртинчи марта мағлуб бўлди 0 14:13Жонбиби Ҳукмова Осиё чемпионатида иккинчи олтин медалини қўлга киритди 0 13:46Месси реферига эътироз билдирди: "Ҳурматсизлик қилманг!” 0 13:18Ярим финалга энг кўп қайси давлат терма жамоаси боксчилари етиб келди? 0

30 sen 11:36
Yangiliklar

Voleybol

Jizzaxda voleybol bo'yicha XXVII O'zbekiston chempionati bo'lib o'tmoqda

Teglar :  VoleybolJizzax
SHu kunlarda Jizzax shahrida voleybol bo'yicha ayollar o'rtasida XXVII O'zbekiston chempionatining 2-tur bahslari bo'lib o'tmoqda.

Bahslarga Jizzax shahridagi “Istiqlol” universal sport majmuasi mezbonlik qilayapti.

3 oktyabrga qadar bo'lib o'tadigan ushbu musobaqada respublikamizning Andijon, Buxoro, Xorazm, Namangan, Jizzax va Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasidan jami 8 ta jamoa ishtirok etmoqda. Malum sabablarga ko'ra (koronavirus sababli) 4ta jamoa musobaqaga etib kelolmadi.

Dastlabki uchrashuvda Buxoro viloyatining “Yoshlik” jamoasi Toshkent viloyatining “SKUF” (Universitet jamoasi sport klubi) bilan o'zaro bahs olib bordi. Yakunda Toshkent viloyati sportchilari raqiblaridan har jabhada ustun ekanliklarini namoyish etib, 3-0 hisobida g'alaba qozonishdi.

SHundan so'ng Xorazm viloyatining “Urganch OZK” jamoasi Andijon viloyatining “Bo'ston” jamoasiga qarshi baxs olib bordi. Bu o'yinda ham 3-0 hisobida Andijon viloyati jamoasining qo'li baland keldi.

SHuningdek, musobaqada Qaraqalpog'iston Respublikasining “NDPI” (Nukus davlat pedagogika instituti), Jizzax viloyatining “JDPI” (Jizzax davlat pedagogika instituti), “Jizzax” hamda Namangan viloyatining “NamDU” (Namangan davlat universiteti) jamoalari ham g'oliblik uchun bahs olib borishmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing