So’nggi yangiliklar

12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0 11:04Тони Кроос мураббийлик фаолиятини бошлаши мумкин 0 10:33Бугун ҳам Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз (Жуфтликлар) 0 10:02Пётр Ян: "Мовсарнинг Волкни мағлуб этиш учун иккита варианти бор" 0 09:31Асу Алмабаевнинг мураббийи UFC камари собиқ даъвогарига қарши жанг учун тайёргарлик режасини ошкор қилди 0 09:02Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор, "Пахтакор" пешқадамга айланиб оладими? 0 19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0

25 iyu 14:14
Yangiliklar

Tennis, Parij-2024

Jokovich, Alkaras, Nadal va boshqalar. Parij Olimpiadasida qaysi yulduzlar ishtirok etadi?

Parij shahrida Olimpiya o'yinlari start olishiga oz vaqt qolmoqda.

27 iyuldan 4 avgustga qadar Franciyadagi Olimpiadada bo'lib o'tadigan erkaklar o'rtasidagi tennis turnirida dunyoning deyarli barcha eng yaxshi tennischilari ishtirok etadi. 

Novak Jokovich (Serbiya) 


Jokovich tennisda yosh u qadar muhim emasligini isbotlab kelmoqda. U o'zidan ancha yosh bo'lgan tennischilar bilan teng kurash olib boryapti va shu bilan birga ATP reytingida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Novak 2023 yilni “Katta Dubulg'a” turnirlarida 3 ta chempionlik bilan tugatib, reytingni birinchi o'rin bilan yakunlagandi. SHu tariqa, u “Katta Dubulg'a” musobaqalarining  yakkalik bahslarida qo'lga kiritilgan sovrinlar soni bo'yicha rekord o'rnatdi – 23 ta. To'g'ri, bu mavsumda u hali o'zining yangi sovrinlariga ega chiqa olmadi. Uning kollekciyasida faqatgina Olimpiya chempionligi yo'q. Jokovichning hisobida hozircha 2008 yilda Pekinda qo'lga kiritilgan bronza medali bor. Tokiodagi bahslarda serbiyalik sportchi yakkalik va juftlik bahslarida yarim finalga qadar etib borgandi. Novak tizzasini operaciya qildirgach, Uimbldon turniri finaliga qadar etib bordi. Bu yilgi Olimpiadaga u bor etiborini qaratishi hech gap emas. 


Karlos Alkaras (Ispaniya) 


Yana bir yulduz Olimpiya o'yinlarida debyut qiladi. Karlos so'nggi oylarda dunyoning birinchi raketkasiga aylanib oldi. Bundan tashqari Alkaras qumli kortlarda juda yaxshi ishlaydi. Bu uning Parijda oltin dublga erishishi uchun ajoyib imkoniyat hisoblanadi. Ispaniyalik sportchi avvalroq Franciya ochik chempionatida zafar quchgandi. SHuningdek, u juftlik bahslarida Rafael Nadal bilan birgalikda kurash olib boradi. 


Rafael Nadal (Ispaniya) 


Olimpiya turniri startida Nadal ATP reytingining kuchli 200 taligida ham yo'q edi. Ammo bu umuman hech narsani anglatmaydi, chunki Rafa jarohatlardan tamoman forig' bo'lib qaytdi. U aynan jarohat tufayli Franciya ochiq chempionatini o'tkazib yuborgan edi. Ispan o'zining sevimli qumli kortiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida Uimbldonda ham ishtirok etmadi. Nadalni “qumli kort qiroli” deyishlari bejiz emas, chunki u 14 bor “Rolan Garros”da zafar quchgan. Qolaversa, Nadal yaxshigina Olimpiya tajribasiga ega. U 2008 yil yakkalik, 2016 yil juftlik bahslarida chempionlikni tantana qilgan. 


Daniil Medvedev (AIN) 


Medvedev faoliyati davomida “Katta Dubulg'a” turnirida (2021 yilda US Open) g'olib chiqishga muvaffaq bo'lgan va ATP reytingida yuqori pog'onalarga chiqishga muvaffaq bo'lgan yaxshi darajadagi tennischilardan biri. Olimpiada mavsumida ham rossiyalik tennischi kuchli o'yin ko'rsatyapti, buni yaqinda Uimbldon yarim finaliga qadar etib borganidan payqash mumkin. SHuningdek, rossiyalik sportchi 2023 yilda Rimda bo'lib o'tgan Masters musobaqasida ham g'olib bo'lganini unutmaslik lozim. U bugungacha faqat bir marotaba to'rt yillikning eng nufuzli turnirida ishtirok etgan. Tokiodagi o'yinlarda Medvedev yakkalikda chorak finalga qadar etib borgan edi.

Musobaqada shuningdek Aleksandr Zverev, Kasper Ruud, Stefanos Cicipas va boshqa yulduzlar ham qatnashishadi. 

Dunyoning birinchi raketkasi, italiyalik Yannik Sinner esa jarohat sabab bahslarda qatnasha olmaydi. 


Xalqaro Olimpiya qo'mitasi rasmiy sayti asosida Habib Jo'raboev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing