30 iyu 13:54
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/16659_220.jpg)
Jons Kormeni nokautga uchratib, yana chempionga aylandi
Anaxaym shahrida aralash qoidalar bo'yicha UFC 214 turniri bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangi yarim og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda chempion Daniel Korme sobiq jahon chempioni Jon Jonsga qarshi oktagonga ko'tarildi. Uchinchi raundda Jons raqibining bosh qismiga oyoqda aniq zarba berdi.
Aynan mana shu zarba bahs taqdirini hal qildi. Korme ketma-ket o'tkazib
yuborilgan zarbalardan so'ng himoyalanishga ham o'zida kuch topa olmadi. Referi
jangni to'xtatdi. Jons chempionlik kamarini asl egasiga qaytardi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar