19 okt 15:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua 2018 yilda Tayson Fyuriga qarshi jang qilishga tayyor
Superog'ir vazn toifasida jahon chempioni hisoblangan Entoni Joshua keyingi yili Tayson Fyuriga qarshi jang qilishga tayyor ekanligini aytib o'tdi.
Avvalroq, Fyuri 2018 yilda uchta katta jangda ishtirok etmoqchi ekanligini, ular ichida Joshuaga qarshi to'qnashuv ham borligi haqida malum qilgandi.
"Men u bilan gaplasha oldim, u ham men bilan gaplashishga muvaffaq bo'ldi.
Agar u ringga qaytishi uchun mening yordamim kerak bo'lsa, bu ishni qilaman. CHunki, unga o'xshaganlar kerak. U sportga bo'lgan diqqatni, etiborni oshiradi", - deydi britaniyalik bokschi Entoni Joshua.
Havola :
Manba : Daily Mail
Fikrlar