01 iyu 16:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua ertangi jang oldidan: "AQSHga g'alaba qozonish uchun keldim"
Ertaga britaniyalik bokschi Entoni Joshua AQSHda mezbon sportchi Endi Ruisga qarshi ringga ko'tariladi.
Mazkur jang oldidan Joshua o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Men ushbu oqshom ajoyib o'tishini istayman. Garchi Ruis Uaylder yoki Fyuri bo'lmasada, biz menga jiddiy muammo tug'dirishi mumkin bo'lgan odam haqida gapiryapmiz. Men ringga chiqib, o'zimni har tomonlama ko'rsatishni istayman.
Nihoyat "Madison Square Garden"da jang qilaman. Endi oldinga qarab intilishim lozim. Ruis bilan jang AQSHdagi dastlabki qadamdir. Men bu erga nafaqat ishtirok uchun, g'alaba qozonish uchun keldim", - dedi Joshua.
Havola :
Manba : The Telegraph
Fikrlar