14 iyu 08:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua - Fyuri jang g'olibi kimga qarshi ringga ko'tariladi?
Og'ir vazn toifasida jahon chempionlari Entoni Joshua va Tayson Fyuri jangi g'olibi WBO kamariga rasmiy davogar Aleksandr Usikka qarshi ringga ko'tariladi.
Bu haqida tashkilot rahbari Francisko Valkarsel malum qildi.
“Men Entoni Joshua va Tayson Fyuri o'rtasidagi jangni ko'rmoqchiman. Bu jang g'olibi WBO kamariga rasmiy davogar Aleksandr Usikka qarshi to'qnash kelishi shart”,-dedi WBO rahbari.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Joshua va Fyuri o'zaro ikkita jangga kelishgani xabar qilingandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar