04 iyu 08:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua - Fyuri jangi haqida: Biz bir kunda kelishuvga erisha olamiz
Tayson Fyurining so-promouteri Bob Arum Entoni Joshuaga qarshi jang tashkilotchiligi haqida gapirdi.
"Agar Joshua Pulevni mag'lub eta oladigan bo'lsa, aslida men Pulevning promouteri bo'lganim uchun buni istamayman, biz kelasi yili Joshua - Fyuri jangini tashkil etish harakatini boshlaymiz. Muzokaralar qiyin bo'ladi deb o'ylamayman. Biz uchrashamiz. Kelishuvga erishishimiz uchun bir kun etarli bo'ladi.
Ortiqcha o'yin qilmaymiz va bu borada Eddi Xirnni tushunamiz. Men uning otasi bilan ko'p yil birga ishlaganman, shuning uchun "biz bir kunda kelishib olamiz" deya olaman", - dedi Arum.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar