16 iyu 10:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua - Fyuri. Promouter Usik va Uayt ushbu jangga halal bermasligini istamoqda
Promouter Bob Arumning fikricha, Uayt va Usik Fyuri - Joshua jangiga halal bermasligi kerak.
"Uayt vaqtinchalik chempion yoki boshqa kamar uchun jang qilishi mumkin. Balki u haqiqiy davogarni aniqlab olish uchun Usik bilan to'qnashgani yaxshiroqdir. Bu vaqt ichida Joshua va Fyuri o'zaro ikkita jang o'tkazib olishadi.
Koronavirus vaqtida bokschilar jang qila olishmadi. SHuning uchun majburiy davogarlar ishtirokidagi janglarni tezlashtirib yuborish to'g'ri emas.
O'ylaymanki, pandemiya tugaganidan keyin boks boshqacha bo'ladi. Odamlar birga ishlab, eng yaxshi janglarni tashkil etishga urinishadi. Ularga majburiy himoya janglari kerak emas", - dedi Bob Arum.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar