12 iyu 16:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua jarohat oldi
Superog'ir vazn toifasida WBO, WBA va IBF yo'nalishi chempioni Entoni Joshua (23-1, 21 KO) tizzasidan jarohat oldi.
Bu haqida promouter Eddi Xirn xabar berdi.
"Odam hassada yurishi yaxshi emas. Lekin, bu jarohat Joshuaning 2020 yildagi rejalariga umuman tasir qilmaydi. U tizzasini qayirtirib oldi. Biz uni tekshirtirdik, hayriyatki u jiddiy emas va operaciyaga hojat yo'q. Yaqin orada Joshua yugura olmaydi va qiyin mashg'ulotlar o'tkazmaydi.
3-4 hafta ichida oyog'ini bog'lab yuradi. Bu uning tezroq mashg'ulotlarga qaytishi uchun", - dedi Xirn.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar