12 iyu 11:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua kamaridan mahrum qilinishi mumkin
WBO prezidenti Pako Valkarsel Entoni Joshua va Tayson Fyuri o'rtasidagi kelishuvga o'z munosabatini bildirdi.
"Menga superog'ir vazn toifasida Joshua va Fbri o'rtasida mutlaq chempionlik jangi tashkil etilishi yoqmoqda. Lekin, keyingisi WBO kamarining majburiy himoya jangi bo'lishi kerak", - dedi u.
Bundan kelib chiqmoqdaki, Joshuaning IBF kamari bo'yicha majburiy davogar Kubrat Pulevga qarshi jangidan so'ng u WBO yo'nalishi bo'yicha davogar Aleksandr Usik bilan jang o'tkazmasa, undan kamarni olib qo'yishadi yoki Usik 2022 yilgacha kutishi lozim. Valkarselning so'zlariga qaraganda, birinchi variant amalga oshishi ehtimoli katta.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar