03 iyu 18:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua: Men qaytaman
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua Endi Ruisga qarshi jangdagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Men qattiq shug'ullanaman. Meni bu oqshom juda yaxshi bokschi mag'lubiyatga uchratdi. Uning qaergacha etib borishini kuzatish qiziq bo'ladi, unga omad tilayman. Men esa o'zimga kelib olishim kerak. Bu tarix va sarguzashtlarning bir qismidir.
Men ilk marotaba haqiqiy qiyin jangda qatnashdim. Klichko bilan jangda shunchaki charchagandim.
Og'ir vazn toifasida ilk chempionga aylangan meksikalik bokschini tabriklayman. Men revansh olishim kerak. Bu tavakkalchilik bo'ladi, ammo eplay olaman.
Hozircha Ruis chempion. Bu haqida eslab qoling: u hozir chempion. Men qaytaman", - dedi Joshua.
Eslatib o'tamiz, kecha Ruis Joshuani 7-raundda nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : Sky Sports
Fikrlar