17 apr 08:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua mutlaq jahon chempionini aniqlash uchun Fyuriga "vyzov" tashladi
Nihoyat, superog'ir vazn toifasida superchempionlik jangiga guvoh bo'lamiz, chog'i.
WBA, WBO va IBF yo'nalishlari chempioni britaniyalik Entoni Joshua (23-1, 21 KO) WBC kamari sohibi Tayson Fyuri (30-0-1, 21 KO)ni ringga chorladi.
Entoni ushbu jang uchun bolgariyalik Kubrat Pulevga qarshi o'tkazilishi rejalashtirilgan majburiy chempionlik himoya jangidan ham voz kechishga tayyor ekanligini malum qildi.
"Tayson, menga qarshi ringga chiq! Agar o'zingni superog'ir vaznning birinchi raqamli bokschisi deb hisoblasang, meni mag'lub etishingga to'g'ri keladi. Kel, bu jangni muxlislarga taqdim etamiz. Superog'ir vaznda yagona, mutlaq jahon chempion bo'lishi lozim. Men sen bilan jang qilishga tayyorman, Fyuri", - deydi Joshua Sky Sports portaliga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar