13 apr 17:29
Yangiliklar
Boks/MMA

"Joshua Pulev bilan emas, menga qarshi jang qilishi lozim"
Britaniyalik bokschi Dillian Uayt Entoni Joshua navbatdagi jangini Kubrat Pulevga qarshi o'tkazishidan norozi.
"Joshua men bilan jang qilish istagi borligini aytgandi. Ammo, bu quruq gap-so'zlar bo'lib chiqdi. O'ylaymanki, u Pulev bilan emas, men bilan jang o'tkazishi lozim edi. Kubrat bilan jang noto'g'ri qadam - ahir uning yarmi sabzavot, yarmi odam.
Bundan tashqari Pulev qariya. U faoliyatining eng yorqin cho'qqisida ham o'zini ko'rsata olmagan. To'g'ri, uning ajoyib jeb zarbasi bor. Biroq, boshqa xech narsa yo'q", - dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, Joshua - Pulev jangi koronavirus sabab boshqa muddatga qoldirilgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar