24 may 17:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua - Pulev. Jang manzili keskin o'zgarishi mumkin
Superog'ir vazn toifasida jahon chempioni Entoni Joshua va IBF kamariga rasmiy davogar Kubrat Pulev o'rtasidagi jang Xorvatiyada tashkil etilishi mumkin.
Bu haqida britaniyalik bokschining promouteri Eddi Xirn malum qildi.
“Jangni Britaniya hududida tashkil etishni juda ham qattiq istaymiz, lekin holat boshqa joyni tanlashimizga majbur qilmoqda. Bizda bir nechta variantlar bor, ular orasida Xorvatiya ham bor. Bahsni sentyabr oyida tashkil etishni rejalashtirgan edik, ammo katta ehtimol bilan Joshua - Pulev jangi oktyabrning oxiri yoki noyabrning boshida bo'lishi mumkin”, - dedi Xirn.
Eslatib o'tamiz, aslida Joshua - Pulev o'rtasidagi bahs Londonda bo'lishi lozim edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar