29 may 14:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua Pulevga qarshi jang Britaniyada o'tkazilishini istamoqda
Entoni Joshua (23-1, 21 KO) Kubrat Pulevga (28-1, 14 KO) qarshi jang Britaniyada bo'lishini istamoqda.
Buning uchun u kamroq pul olishga ham tayyor.
"Maqsadimiz jangni Britaniyada o'tkazish. Oldimizda yaqin va uzoq SHarqdan takliflar bor. Xorvatiya ham jangni o'tkazishga tayyor. Joshua ushbu jangning Britaniyada o'tishini judayam istamoqda. Biz yil oxiri uchun joy qidiryapmiz.
Umid qilamizki, vaziyat yaxshilanadi va biz muxlislar qarshisida jang o'tkaza olamiz. Entoni jangni Britaniyada o'tishini istamoqda. Agar biz kerakli miqdorda muxlislar to'play olmasak, eksklyuziv ivent tashkil qilamiz va bahsni Britaniyada tashkil etamiz", - dedi Joshuaning promouteri Xirn.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar