01 iyu 14:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua - Ruis. Bokschilar taroziga chiqishdi, oradagi farq deyarli 10 kilogramm FOTO
Ertaga tongda superog'ir vazn toifasida jahon chempioni Entoni Joshua davogar Endi Ruisga qarshi ringga ko'tariladi.
Bugun ushbu jang oldidan bokschilar ishtirokida vazn o'lchash marosimi tashkil etildi.
Unga ko'ra, chempion Joshua raqibidan deyarli 10 kilogrammga engil chiqdi - 112 kg. Ruis esa 121,5 kg tosh bosdi.
Eslatib o'tamiz, Joshua hamda Ruis o'rtasidagi jang Toshkent vaqti bilan 2 iyun ertalab soat 8:00 dan so'ng boshlanadi. Bu Joshua uchun AQSHdagi dastlabki jang bo'ladi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar