31 may 20:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua - Ruis jangi O'zbekistonda jonli efirda namoyish etiladi
Xabaringiz bor, 1 iyun kuni Nyu-Yorkda (Toshkentda 2 iyun tongida) katta boks oqshomi tashkil etiladi.
Unda superog'ir vazn toifasida to'rtta yo'nalish chempioni britaniyalik Entoni Joshua amerikalik Endi Ruisga qarshi ringga ko'tariladi.
Ushbu jang yakshanba tongida "UzReport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. Bu haqida telekanalning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berildi.
Havola :
Manba : UzReport
Fikrlar