26 noy 14:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua - Ruis jangini namoyish etuvchi telekanallardan birining nomi elon qilindi
Superog'ir vazn toifasida to'rtta yo'nalish chempioni Endi Ruis hamda Entoni Joshua o'rtasidagi jangni qaysi kanal translyaciya qilishi malum qilindi.
7 dekabr kuni Saudiya Arabistonida tashkil etiladigan jangni Rossiyaning "Birinchi kanal"i jonli efirda namoyish etadigan bo'ldi. Bahs o'sha kuni Toshkent vaqti bilan 8 dekabrga o'tar kechasi taxminan soat 02:00da boshlanishi kutilmoqda. Undan oldin esa rossiyalik Aleksandr Povetkin amerikalik bokschi Maykl Xanterga qarshi jang qiladi.
Eslatib o'tamiz, Ruis hamda Joshua o'rtasidagi dastlabki jangda Ruis nokaut evaziga g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar