22 noy 07:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua Ruisni bugungi kunning eng kuchli bokschisi deb atadi
Sobiq jahon chempioni Entoni Joshua amaldagi jahon chempioni Endi Ruisga qarshi o'tkaziladigan jangi haqida fikr bildirdi.
“Men bugungi kunning eng kuchli bokschisiga qarshi jang qilaman. Men uni mag'lub etib, buyuk bokschi ekanligimni isbotlashim kerak. Ruisga qarshi jangimdan so'ng meni "buyuk!" deb atashlari lozim.
Men birinchi jangda g'alaba qozona olmadim, lekin endi buni to'g'rilash vaqti keldi. Uning kuchli va tezkor qo'llari bor ekan. Bu safar xatolarimni to'g'rilab, g'alabaga erishishga harakat qilaman”, - dedi Joshua.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar