19 okt 12:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Joshua: "Takamni birinchi raundda nokaut qilib bo'lmaydi"
Superog'ir vazn toifasida jahon chempioni Entoni Joshua bo'lajak raqibi Karlos Takamga qarshi jang oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Dominik Brizilga qarshi jangimdan so'ng Takam meni mehmonxona oldida kutib turgandi va menga qarshi jang qilish istagi borligini aytib o'tdi. Men uni bilaman. Katta, og'ir bokschi.
Pulevga qaraganda uni nokautga uchratish qiyin bo'ladi. CHunki, u qattiq bokschi. Birinchi raundda uni nokaut qilib bo'lmaydi. Barcha raqiblar menga qarshi qattiq tayyorgarlik bilan chiqadilar. Raqibning mamlakati, begona muxlislar: ularning yo'qotadigan narsasi yo'q. Menga qarshi jang Takama uchun oltin chipta bo'ladi. Ushbu chipta orqali u dunyoni o'ziga qaratmoqchi", - deydi Joshua.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar