19 apr 16:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua: Unga qarshi jang bir tomonlama bo'ladi
Britaniyalik jahon chempioni Entoni Joshua hamyurti Dillian Uayt haqida fikr bildirdi.
“Dillianga chempionlik kamari kerak. Men unga o'tgan yili jang qilishni taklif qilganman, lekin u bu taklifni qabul qilmagan. Menimcha unga faqat WBC kamari qiziq bo'lsa kerak. Agar biz Fyuriga qarshi jang qilishni tashkil qila olsak, baribir Uayt menga qarshi jang qilishga majbur bo'ladi.
Sababi, men Taysoni mag'lub etaman va keyin unga yana bir marta imkon taqdim etaman. Lekin unga qarshi jangim qiziqarli o'tmasligi aniq, chunki jang bir tomonlama bo'ladi”,- dedi Joshua.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar