20 apr 18:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Joshua va Pulev o'rtasida jang manzili o'zgaradimi?
Superog'ir vazn toifasida jahon chempioni Entoni Joshua va IBF kamariga rasmiy davogar Kubrat Pulev o'rtasidagi jang boshqa joyga ko'chishi mumkin.
Bu haqida Joshuaning promouteri Eddi Xirn malum qildi.
“Entoni jangni Britaniyada bo'lishini istamoqda, lekin u bundan ham ko'proq ringga tezroq qaytishni istamoqda. Bu to'qnashuvni muxlislarsiz o'tkazmoqchi emasman, lekin virus yo'qolishini kutadigan bo'lsak, ancha vaqtni boy berishimiz tayin.
Agar Britaniyada voqealar shunday rivojda davom etadigan bo'lsa, biz manzilni o'zgartirishimiz mumkin. Misol uchun, AQSHning qaysidir tinch shtatiga”, - dedi Eddi Xirn.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar