07 apr 17:04
Yangiliklar
Boks/MMA

“Joshuaga qarshi jangdan so'ng faoliyatimni yakunlash haqida o'ylaganman”
Britaniyalik bokschi Dillian Uayt 2015 yilda Entoni Joshuaga qarshi jangini esga oldi.
“Entoni elkamda jarohatim borligini bilardi. SHunga qaramasdan uni mag'lub etish uchun ringga ko'tarilgandim. Uni mag'lub etishga ishonar edim. Lekin har safar elkamga kelayotgan zarbalar og'rig'i tasirida juda qiynalardim. Og'riqdan boshqa qaytib ringga ko'tara olmasligimni o'ylardim Jangdan so'ng faoliyatimni yakunlash haqida o'ylaganman”,-dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, Joshua-Uayt jangi 2015 yilning dekabrida bo'lib o'tgandi va to'qnashuvda Entoni raqibini nokaut qilishni uddalagan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar