22 apr 15:14
Yangiliklar
Boks/MMA

“Joshuani Usikka qarshi ringga chiqishga majbur qilamiz”
Jahon chempioni Entoni Joshua Aleksandr Usikka qarshi jang qilishi shart.
Bu haqida Usikning menejeri Aleksandr Krasyuk malum qildi.
“Usik birinchi og'ir vazn toifasidagi kamarlaridan voz kechganidan so'ng, superog'ir vaznda rasman davogarga aylandi. Unga chempionlik jangida ringga ko'tarilishiga hech kim to'sqinlik qila olmaydi. U dastlab Joshuaga qarshi jang qiladi, keyin esa Tayson bilan to'qnash keladi. Biz Joshuani jang qilishga majbur etamiz”, - dedi Krasyuk.
Eslatib o'tamiz, Usik superog'ir vazn toifasida WBO kamariga rasmiy davogar hisoblanadi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar